Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Shu yil kuzida Londondagi Britaniya muzeyida ochiladigan yangi zalga “Al-Buxoriy” nomi beriladi. Bu haqda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning muzey “Islom madaniyati” departamenti rahbari Ladan Akbarniya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Foto: Facebook / Baxtiyor Sayfullayev

Foto: Facebook / Baxtiyor Sayfullayev

Muzey vakillari ushbu galereyada 1000 ta qadimiy buyum va ashyolarni namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bunda Madaniyat vazirligi tomonidan ham amaliy yordam berilishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlik qoshidagi “Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi” tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda muzeyda O‘zbekistonning boy madaniy merosi ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi borasida ham fikr almashildi.

Foto: Facebook / Baxtiyor Sayfullayev

Foto: Facebook / Baxtiyor Sayfullayev

Angliya delegatsiyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni Britaniya muzeyida 6 haftalik o‘quv kurslarida malaka oshirishni taklif qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi