Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan “Prezident kubogi” musobaqasidagi mag‘lubiyatini to‘yi bilan bog‘ladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa biz uchun og‘ir o‘tdi. Chunki to‘y sabab tayyorgarliklarga ham vaqt bo‘lmadi (kuladi). Qachondir bunday holatga tushishimiz lozim edi. Bu hozir yuz bergani yaxshi bo‘ldi. Negaki Osiyo o‘yinlarigacha qiyinchilikka uchrashim kerak edi. So‘nggi jangimni qishda o‘tkazgandim. Hindistonlik raqibga qarshi jangdagidek holatga Osiyo o‘yinlarida tushganimda yaxshi bo‘lmasdi. Musobaqa davomida Osiyo o‘yinlaridagi bo‘lajak raqiblarim imkoniyatini ham o‘rgandik.Ma’lumot uchun bokschi joriy yilning 29-mart sanasida bo‘ydoqlik bilan xayrlashgan edi.Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonidan ko‘nglimiz to‘ldi. Aytib o‘tganimdek, ortda qolgan musobaqalarda raqiblarimizni yaxshi o‘rganib oldik. Endi navbatdagi janglar osonroq bo‘ladi. Tayyorgarlik yaxshi kechmoqda. Yaqinda Tailanddagi turnirda ham qatnashamiz, so‘ngra Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketamiz. Nasib qilsa, Jakartada Riodagidan ham yaxshiroq natija ko‘rsatamiz.
Hasanboy Do‘smatov, bokschi
Izoh (0)