O‘zbekiston Moliya vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi moliya idoralaridagi vakant lavozimlarga salohiyatli va iqtidorli yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirayotgan harakatlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bu haqda, Moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Jumladan, joriy yilning yanvar—may oylarida tizimga jami 341 nafar iqtidorli yosh ishga qabul qilinib, hozirda ularning 20 nafari moliya vazirligining markaziy apparatida, 161 nafari tuman va shahar moliya bo‘limlarida, 83 nafari g‘aznachilik bo‘linmalarida, 50 nafari pensiya bo‘limlarida va yana 27 nafari davlat moliyaviy nazoratining hududiy bosh boshqarmalarida mehnat faoliyatini boshladi.
Moliya vazirligi, vazirlik tizimida mavjud vakant lavozimlarni iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish borasida kelajakda ham Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda boshlagan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirib qo‘ygan.
Izoh (0)