Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 18—20, kunduzi 33—35 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning boshqa viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 18—23, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 18—23, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida kechasi 18—23, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi 18—23, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo kechasi 19—24, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 18—23, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 10—15, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.
Izoh (0)