Rossiyalik yumorist va shoumen Maksim Galkin “Muz-TV” telekanalining matbuot anjumaniga yangi soch turmagi bilan keldi, deb yozmoqda “Vokrug TV”.
Galkinning mayda o‘rilgan sochlarini ko‘rgan jurnalistlar uning rep yo‘nalishida ijod qilish niyati borligi haqida savol berdi. Galkin o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasligi, bu shunchaki soch turmagi ekanini ma’lum qilgan.
Shoumen janubda dam olgani va tez orada yana eski soch turmagiga qaytishini aytgan. “Bu dred (tabiiy yoki sun‘iy yo‘l bilan Afrika stilida o‘rilgan sochlar) emas. Bu shunchaki mayda o‘rilgan sochlar. Dredlar qirqib tashlanadi, o‘rilgan sochlar esa osongina yozib tashlanadi”, — degan Galkin.
Izoh (0)