Rossiyalik shoumen Maksim Galkin o‘z Instagram’iga hordiq chog‘idagi suratini joyladi. Jozibali ko‘rinishiga qaramay, u o‘z muxlislaridan malomatlar eshitdi, deb yozadi “MK.ru”.
Birinchidan, uni surat noto‘g‘ri rakursdan olingani va natijada oyoqlari kalta bo‘lib ko‘rinib qolgani uchun koyishdi. Ikkinchidan, muxlislarga uning soch turmagi yoqmadi, erkaklarga xos bo‘lmagan soch turmagi deb baholashdi uni. Nihoyat, eng ko‘p norozilik Galkinning o‘z turmush o‘rtog‘i Pugachyovasiz suratga tushgani yuzasidan bo‘ldi.
“Alla qani?” — deya odamlar izohlarda savollar bera boshladi. Ular Galkinni “Pugachyova bilan tushgan birorta ham suratini qo‘ymaslik”da aybladi.
Izoh (0)