“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi yig‘ilishda ogohlantirishlarga qaramasdan, yig‘ilishga sababsiz kelmaganligi uchun Sardor Rahimxon, Asilbek Nig‘matov, Feruza Jumaniyozova, Tohir Usmonovlarning litsenziyasi tugatilgan edi.
Asilbek Nig‘matov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan tashkillashtirilgan yig‘ilishga kelolmaganligiga hamda litsenziyasi tugatilganligiga video murojaat bilan munosabat bildirdi. Xonanda ushbu video murojaatni o‘zining instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.
Litsenziyamiz olinganligi borasida ko‘plab savollar bo‘lmoqda. Majlisga bora olmaganligimiz litsenziyamizning olinishiga sabab bo‘libdi. Endi dunyo yulduzi bo‘lish qiyinda, dunyo yulduzi bir Fransiyada yuradi, bir Germaniyada yuradi, bir soatda xabar topib kelish qiyin bo‘ladi. Bo‘lar ish bo‘libdi. Bu degani sizlarni o‘zimning kuylarimdan chegaralab qo‘ydim degani emas. Xudo xohlasa yaxshi kunlaringda bizning kuylarimiz albatta yangrab turadi. Yana litsenziyamizni olganimizdan keyin, oynai jahonlarda, yaxshi kunlaringizda ko‘rarsizlar. Ungacha bizni unutib qo‘ymanglar, sog‘ bo‘linglar, salomat bo‘linglar.Asilbek Nig‘matov, xonanda
Izoh (0)