Toshkent shahri Olmazor tumani namunali tumanlardan biriga aylantiriladi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan 7-iyun, payshanba kuni Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akramov boshchiligidagi ishchi guruh Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tuman bosh imom-xatibi Sadriddin Abdurashidov, “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi Abduhakim qori Matqulov hamrohligida tashrifni “To‘lqin Akrom o‘g‘li” jome masjididan boshladi. Muftiy hazratlari Olmazor tumanida masjidlar, ziyoratgohlar va tabarruk maskanlarni obod etishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Keyingi tashrif tumandagi “Mirza G‘olib” jome masjidiga bo‘ldi. Masjidda muftiy hazratlari namozxonlar bilan birga peshin namozini ado etdi.Allohga shukrki, ushbu sharofatli oy bu yil diyorimizda juda ham fayzli, qut-barakali bo‘ldi. Ikki mingdan ortiq masjidlarda taroveh namozlari, mingdan ziyod jomelarda Qur’on xatmlari ado etildi. Ramazon kechalarida musulmonlarimiz ushbu oyning ziynati bo‘lgan taroveh namozlarida ishtirok etdi”.Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov
Izoh (0)