Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 109 nafarga yetdi. Bu haqda Gvatemala sud ilmi milliy insitutiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 192 kishi bedarak yo‘qolgan. Gvatemala prokuraturasida vulqon otilishi oqibatida qayd etilgan o‘lim holatlari yuzasidan tergov ishlari olib boriladi.
Gvatemalaning bir qancha shaharlarida xavf-xatarning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilingan. Shuningdek, OAV vulqon otilishi oqibatida jabr ko‘rganlar soni 300 ga yaqin ekanini xabar qilgan.
Avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlari tabiiy ofat oqibatida jarohatlangan 6 nafar bolani evakuatsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fuego vulqonining otilishi haqidagi dastlabki xabarda halok bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil qilgani ma’lum qilingan. 5-iyun, seshanba kuni qurbonlar soni 69 taga yetgan. 6-iyun, chorshanba kuni 75 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan. 7-iyun, payshanba kuni Gvatemala favqulodda vaziyatlar agentligi 99 kishining o‘limi haqida ma’lum qilgan.
Izoh (0)