Tarmoqlarda Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi serqatnov trassada avtomobilni ortib ketayotgan uch g‘ildirakli mototsikl videosi keng tarqaldi, deb xabar beradi TJournal.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, politsiya mazkur mototsikl haydovchisini topishga muvaffaq bo‘lgan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u 800 yuanga (125 dollar) eski avtomobilni xarid qilgan va uni qismlarga bo‘lib sotishni rejalashtirgan.
https://www.facebook.com/shanghaiist/videos/10156980231016030/
Yo‘l-harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchi 1300 yuan (205 dollar) jarimaga tortilgan.