Amerikalik fuqaro katta miqdordagi kupyurani maydalayotganda lotereya chiptasi sotib oldi va million dollar yutib oldi, deb xabar beradi UPI.
Nyu-Yorkning qashshoq tumanlaridan biri Bronksda yashovchi Uilyam Uilyams sevgan qizi Mishel Konsepsyenga atir sotib olib bermoqchi bo‘ldi, biroq sotuvchida qaytim uchun mayda pul yo‘qligi bois 100 dollarni maydalashga to‘g‘ri keldi.
Shunda yigit pulni maydalash uchun avtomatdan 20 dollarga lotereya chiptasi sotib oldi.
“Men aynan $5 Million Fortune lotereya chiptasini tanladim, sababi men undan bir vaqtlar 700 dollar yutib olgan edim”, — deydi Uilyams.
Uilyams himoya qatlamini o‘chirdi va ko‘zlariga ishonmadi.
“Million dollar yutganimni tushunganimda do‘kondan yugurib chiqib ketdim va shu zahotiyoq Mishelni xursand qildim”, — deydi u.
Juftlik pullarni qarindoshlariga yordam berish uchun sarflamoqchi, shuningdek xususiy motosalon ochmoqchi.
Izoh (0)