Prezident farmoniga muvofiq, Navoiy viloyatida yashovchi besh kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Navoiy shahrida istiqomat qilayotgan Tohir Toshoyev 1962-yili Tojikistonning Yovon tumanida tug‘ilgan. 25 yildan buyon Navoiyda yashab, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab kelmoqda.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli 2-gidrometallurgiya zavodi ishchisi, zarafshonlik Kamoliddin Mamatqulov ham pasport oldi. U Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tug‘ilgan, 5 nafar farzandi bor.