Surxondaryoda salkam 45 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini sotishga uringan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ikki dona polietilen qoplarga solingan jami og‘irligi 44 kilogramm 668 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olingan.