Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin qarshi sanksiyalar haqidagi qonunni imzoladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“AQSh va boshqa xorijiy davlatlarning dushmanlik harakatlariga javob qaytarish choralari” deb nomlangan tegishli hujjat 4-may, dushanba kuni Rossiya huquqiy axborot resursida chop etildi.
Mazkur qonun u rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Hujjat AQSh va boshqa mamlakatlarning dushmanlik ruhidagi choralariga javoban qarshi sanksiyalar joriy etish imkonini beradi.
Choralar davlatlar, ularning yurisdiksiyasi ostidagi tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Izoh (0)