Fotogalereya: Dunyodagi aholi yashaydigan eng qadimiy shaharlar
Insoniyat sivilizatsiyasi tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Hayratlanarlisi, bugungi kunda qadim o‘tmishda paydo bo‘lgan shaharlar hamon mavjud va ularda odamlar yashamoqda. TravelAsk sayyoradagi aholi yashaydigan eng qadimiy shaharlarga e’tibor qaratdi.
Iyerixon, Falastin
Mazkur shahardagi eng qadimiy odamlar izlari miloddan avvalgi to‘qqizinchi ming yilliklarga borib taqaladi. Mudofaa devorlari qoldiqlari ularning miloddan 6800 yil avval qurilganidan guvohlik beradi. Shaharda VII — XIX asrlarda aholi yashamagan bo‘lsa ham, u sayyoradagi eng qadimiy shahar deb tan olingan.
Bibl, Livan
Bugungi kunda Jebeyl deb ataluvchi Bibl shahri miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yilliklardan ma’lum.
Damashq, Suriya
Arab tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Damashq shahriga miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda asos solingan. O‘zining uzoq tarixi davomida Damashq shu nom bilan atalgan qirollik markazi bo‘lgan, Aleksandr Makedonskiy va Vizantiya imperiyalari tarkibiga kirgan.
Aleppo, Suriya
Turli manbalar Alepponing paydo bo‘lish sanasini turlicha baholaydi: miloddan avvalgi 6—4-mingyilliklar. Shaharda qadimiy tarixni tasdiqlovchi ko‘plab yodgorliklar saqlanib qolgan.
Suza, Eron
Qadimgi davrda bu shahar Eron davlatining poytaxti sifatida mashhur bo‘lgan. Suza shahri miloddan avvalgi 7—4-mingyilliklarda yuzaga kelgani taxmin qilinadi. Ayni paytda ko‘plab arxitektura obyektlari saqlanib qolgan shaharda 60 ming kishi yashaydi.
Argos, Gretsiya
20 ming kishi yashaydigan bu grek shahri Yevropaning doimiy aholiga ega shaharlari ichida eng qadimiysi sanaladi. Tarixchilar Argosda miloddan avvalgi beshinchi mingyilliklarda aholi mavjud bo‘lganini taxmin qiladi.
Afina, Gretsiya
Gretsiya poytaxtidagi dastlabki yodgorliklar miloddan avvalgi 1600-yillarga borib taqalsa ham, u miloddan avvalgi to‘rtinchi mingyillikda paydo bo‘lgan.
Sidon, Livan
Sidon ham Bibl kabi qsdimiy port shaharlardan biri sanaladi. Sidonning paydo bo‘lish sanasi to‘rtinchi mingyilliklarga borib taqaladi. Ayni kunda Sayda deb ataluvchi shaharda 200 ming kishi yashaydi.
Al-Fayyum, Misr
Tarixiy yodgorliklarning ko‘pligiga qaramasdan, Misrda qadimiy far’avnlar davri shaharlari saqlanib qolmagan. Al-Fayyum bugungi kunda Misrning eng qadimiy shahri hisoblanadi, uning asoslari miloddan avvalgi to‘rt mingyilliklarga taqaladi.
Plovdiv, Bolgariya
Shahar haqidagi birinchi yodgorliklar miloddan avvalgi 1200-yillarga taalluqli. Tarixchilar fikriga ko‘ra, shaharning dastlabki aholisi miloddan avvalgi oltinchi mingyilliklarda yashagan. Plovdivda Rim amfiteatri, shuningdek, Antik va O‘rta asrlar davrining boshqa yodgorliklari yaxshi saqlanib qolgan.
Bayrut, Livan
Finikiyaliklarning Barut shahri miloddan avvalgi XV asrdan ma’lum, uning aholisi esa miloddan avvalgi uchinchi mingyilliklarda mavjud bo‘lgan. Livanning bugungi kundagi poytaxti mintaqadagi yetakchi o‘rinni egallaydi.
Quddus, Falastin
Yaqin Sharqdagi bu qadimiy shaharga miloddan avvalgi to‘rtinchi mingyilllikda asos solingan. Yozma manbalardagi birinchi yodgorliklari miloddan avvalgi XX—XIX asrlarga taalluqli.
Izoh (0)