Turkiyaning Antaliya viloyati sohillarida qochqinlar ketayotgan kater suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Turkiya qirg‘oq qorovuli xizmati ma’lumotlariga qaraganda, kema tungi soatlarda Ko‘kova oroli yaqinida halokatga uchragan.
Katerda 14–15 kishi bor edi. Ularning to‘qqiz nafari, jumladan, ikki erkak, bir ayol va olti bola halok bo‘ldi. Bir kishi bedarak yo‘qolgan. Qolganlar qutqarib qolindi.
Izoh (0)