Venesuela poytaxti Karakas shahridagi 53 ta stansiyada chiptalar tugab qolgan vaqtda kirish turniketlarini yo‘lovchilarning bepul o‘tishi uchun ochib qo‘yish to‘g‘risida topshiriq berilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Venesuelada saylovlar vaqtida nohaqliklarga yo‘l qo‘yilgani sababli mamlakatga nisbatan sanksiyalar joriy qilingan. Shuning uchun, mamlakat hozirda qog‘oz sotib ololmaydi.
Aslida aksariyat stansiyalar qog‘oz yetishmovchiligi sababli may oyining o‘rtalaridan boshlab yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatib kelgan, biroq hukumat bu axborotni sir tutgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti oppozitsiyani mamlakatdagi bosma matbuotga qog‘oz yetishmasligida ayblagan.
Izoh (0)