1-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining besh kunlik muzokaralari yakunlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida davlat chegarasining alohida uchastkalarida o‘tkazilgan dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.
2003-yildan buyon davom etayotgan muzokaralar yakunida bayonnoma imzolandi va unda O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish va yakuniy huquqiy rasmiylashtirishni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)