Registon maydonida “Shashmaqom’ — jahon miqyosidagi musiqa madaniyati merosi” film-konsertining tasvirga olish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.
Film-konsert Samarqand viloyatining “Sharq durdonasi” tarixiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy markazi hamda Samarqand san’at kolleji bilan hamkorlikda suratga olinmoqda.
Unda kollejning “Meros” ansambli va an’anaviy ijrochilik bo‘limi san’atkorlari ishtirok etmoqda.
Izoh (0)