Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining o‘quvchilari Italiyaning Barletta shahrida o‘tkazilgan yosh musiqachilarning Citta di Barletta deb nomlangan yigirma sakkizinchi xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ushbu litseyning 8-sinf o‘quvchisi Bahodir Rahimov skripka yo‘nalishida, 2-sinf o‘quvchisi Asilbek Mirzaahmedov skripka yo‘nalishining Junior kategoriyasida o‘z mahoratini namoyish etdi.
Tanlovda Italiya, Rossiya, Sloveniya, Litva, Estoniya, Chexiya, Ruminiya, Polsha, Portugaliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Xitoy va boshqa davlatlarning yosh musiqachilari qatnashdi.
Asilbek Mirzaahmedov tanlov Gran-prisiga sazovor bo‘ldi. Bahodir Rahimov esa birinchi o‘ringa munosib topildi.
Izoh (0)