Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaga Iroqdan 94 nafar bolakay olib kelinadi, ularning onalari terrorizmda ayblanib, hozirda qamoqda ushlab turilibdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Islam-today

Foto: Islam-today

“Ularning onalari xato yo‘ldan yurganligi sabab uzoq muddatga va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq bolalar o‘z ota-onalarining qilmishlari uchun javobgar emas”, — deydi Qodirov.

Dastlab Rossiyaga 49 nafar bolakay qaytarib olib kelinadi. Qodirovning so‘zlariga qaraganda, ularning 25 nafarini olib kelish uchun hozirda “barcha zaruriy hujjatlar” tayyorlab qo‘yilgan va bolalar iyun oyida Iroqni tark etadi.

Qolgan 45 nafar bolani qaytarish “juda qiyin jarayon”, chunki ular Rossiya hududida tug‘ilmagan.

Shunga qaramay, biz farzandlarimiz o‘zining vatanida, qarindoshlari qurshovida o‘sib-ulg‘ayishi uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilamiz.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Iroqda 49 nafar ayolning 21 nafari umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan. Ikki nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, 26 nafarining sudi hali bo‘lib o‘tmagan. Bu juda achinarli fakt, biroq mamlakat qonuni shuni talab qiladi.

Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukrainaning uchta elchixonasiga tahdidli xatlar yuborilgan — Ukraina tashqi ishlar vaziri
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr