O‘zbekiston Milliy universitetida Xitoyning Gonkong universiteti qoshidagi professional va oliy ta’limdan keyingi ta’lim oliy maktabi bilan hamkorlikda “Bir makon bir yo‘l loyihasi investitsiya imkoniyatlarini tadbiq etish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Konferensiya davomida O‘zbekiston iqtisodiyoti va uni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, Markaziy Osiyo va Xitoyning tarixiy aloqalari mavzusida ma’ruzalar tinglandi.
Universitet dars jarayonlari, imkoniyatlari bilan yaqindan tanishgan xorijlik mehmonlar O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarining ilm-fanga qiziqishi, bilim darajasini yuqori baholadi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga oid fikrlarini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)