Jenevada bo‘lib o‘tayotgan 107-Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda Rayder Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi va samaradorligi alohida ta’kidladi. Respublikada bolalar va majburiy mehnatga to‘liq barham berish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar alohida qayd yetildi. Gay Rayder XMT va O‘zbekiston o‘rtasida aholini munosib, to‘liq va samarali mehnat qilish tamoyillarini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida XMT bosh direktori O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurishi ta’kidlandi. Rayder dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro mehnat konferensiya doirasida mamlakatga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
107-Xalqaro mehnat konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bosh vazir o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzid Qudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Maxmadaliyev ishtirok etdi.
Izoh (0)