Iste’molchilarning ixcham korpusda katta displeyga ega bo‘lish niyatiga ergashgan holda LG muhandislari tomonlar mutanosibligi 18:9 ga teng 6-dyuymli FullVision displeyini LG V20 ga nisbatan 8 millimetrga kaltaroq va 3 millimetrga ingichkaroq korpusga joyladi. Burchaklari har tomonlama toblangan shishadan qilingan panellar bilan himoyalangan LG V30+ ajoyib tashqi ko‘rinishi va foydalanishda qulayligi e’tirofga sazovor bo‘ldi. 158 gramm vaznga ega LG V30+ 6 dyuymdan ortiq displeyga ega eng yengil smartfonlardan biri bo‘ldi.
“LG V30+ smartfoni foydalanuvchilarga hayotining eng qimmatli lahzalarini qayd etishga yordam berish uchun yaratildi, — deydi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi prezidenti Juno Cho (Juno Cho). — Mavjud funksiyalari va tavsifi tufayli smartfon ko‘zni quvontiradi va yoqimli taktil hissiyot bag‘ishlaydi. Tashqi ko‘rinishiga kelsak, bu biz yaratgan eng chiroyli smartfon bo‘lsa kerak”.
LG smartfonlari mobil fotografiya sohasida eng yaxshi deb tan olingan, va LG V30+ bu an’anani davom ettiradi. LG V30+ da smartfonlarda ilk bor taqdim etilayotgan ko‘p innovatsiyalar bor. Asosiy kamera f/1.6 aperturaga ega linzalar bilan jihozlangan, ko‘proq ranglarni ilg‘ab, har doimgidan ham yorqinroq suratlar yaratish imkonini beradi. Crystal Clear linzasi shishadan — faqat old kameralarda ishlatiladigan materialdan yasalgan bo‘lib, plastik linzalarga nisbatan aniqroq rang uzatilishini va tiniq tasvirni ta’minlaydi.
Professionalday tasvirga olish uchun V30+ Cine Video rejimi bilan boyitilgan. 15 ta stilizatsiyalovchi filtrga ega Cine Effect funksiyasi tufayli turli kinojanrlarda video yaratish mumkin: romantik komediyadan zamonaviy blokbasterlargacha. Point Zoom innovatsion funksiyasi nafaqat markazda, balki kadrning har qayeridagi obyektni yaqinlashtirish mumkin. LG-Cine Log fayl formati keng dinamik va rang palitrasini qayd etilishini ta’minlab, tushirilgan materialni qayta ishlashda ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Buning bari QHD+ OLED FullVision (2880 x 1440) displei bilan Google Daydream virtual reallik olamidagi sayohat uchun javobning yuqori tezligini ta’minlaydi va qoldiq tasvirni minimal darajaga tushiradi.
“Fleshka” texnika bozorining Radius do‘konida, shuningdek, LG’ning Next SKMdagi brend do‘konida aniq narxlar bilan tanishishingiz va smartfonni xarid qilishingiz mumkin. Yoki quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: 143-00-03 (LGBrandshop) i 200-31-00 (Radius).
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)