25-may, juma kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro S.B. “Chorsu” bozorida o’zaro janjal oqibatida E.A.ning qorin va o‘ng oyoq son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada E.A. kasalxonaga yotqizilgan. S.B. voqea joyida qo‘lga olingan.
Izoh (0)