29-may, seshanba kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Mustaqillik” MFY hududida Cobalt va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Labo avtomashinalari to‘qnashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Labo avtomashinasi haydovchisi, uning yo‘lovchilari — ayol hamda uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Bolalarning ikkalasi ham kasalxonada vafot etdi.
Izoh (0)