Rossiya va Xitoy Su-57 va J-20 yangi avlod qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarishda turli yondashuvlarni qo‘llamoqda. Bu haqda The National Interest nashri ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Rossiya ishlanmasi birinchi bosqich AL-41F1 dvigateli bilan jihozlanganligiga qaramay, ko‘proq manyovr qila olishi bilan farqlanishi ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, Xitoy samolyoti tezlik tavsifi bo‘yicha ham Rossiya samolyotidan ortda qoladi. Nashr J-20 ni ishlab chiqarishda Rossiyaning “Salyut” AL-31 FN dvigateli qo‘llanilganligini taxmin qilmoqda.
O‘z navbatida, J-20 Rossiya qiruvchi samolyotidan ko‘ra ko‘proq yashirina olishi bilan farqlanadi.
The National Interest’ning qayd etishicha, Rossiya va Xitoy qiruvchi samolyotlari dastlab turli vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. J-20 zarba berish samolyoti sifatida yaratilgan bo‘lsa, Rossiya Su-57 samolyoti Amerika qiruvchi samolyotlarini ta’qib etish uchun yaratilgan.
Izoh (0)