O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra har oyning ilk dushanba kunlari Superliga klublarida ma’naviyat va ma’rifat darslari bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi tashkilot matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Superliganing har bir klubida futbolchi va murabbiylarda vatanga sadoqat, el-u yurtga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida ulug‘ allomalar va ularning asarlari, o‘zbek milliy urf-odatlari va qadriyatlari haqida ma’ruzalar o‘qilmoqda.
Klublardagi yosh futbolchilar bilan birgalikda esa futbol faxriylari, yoshi ulug‘ insonlar ziyorat qilinib, ularning o‘tmish xotiralari, bosib o‘tgan yo‘llari, boy tajribalari yosh futbolchilarga ibrat sifatida ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)