Toshkentda saxovatli kishilar oyda bir marta ehtiyojmandlarga oziq-ovqatlar to‘plamlarini tarqatib chiqadi, deya xabar beriladi Facebook’dagi “Tashkent I vsedaokolo.uz” guruhida.
Izohlardan ma’lum bo‘lishicha, bunday aksiya “Bunyodkor” stadioni avtoturargohida o‘tkaziladi va nafaqat Ramazon oyida, balki boshqa paytlarda ham tashkil qilinadi.
Foydalanuvchilardan biri ushbu aksiyani Facebook’dagi “Saxovat” guruhi a’zolari tashkil qilishi, ular doimiy ravishda va beg‘araz tarzda har yakshanba kuni nogironlar, xastalar, ehtiyojmandlarning uylariga bunday oziq-ovqatlarni olib borib berishini qayd etgan. Shuningdek, ular yo‘qsil bemorlarga qimmatbaho dorilarni sotib olishda ham yordam beradi.
Izohlarda foydalanuvchilar saxovatpesha kishilarning bunday xayrli ishlarini maqtagan, ularning ko‘pchiligi ushbu guruhga qo‘shilish istagini bildirgan.
Izoh (0)