Pentagon AQSh koalitsiyasining qo‘shinlariga zarba bergani haqidagi xabarni inkor qildi. Bu haqda AQSh harbiy idorasi vakilining axborotiga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qilgan.
“Bizda bu xabarni tasdiqlaydigan hech qanday ma’lumot yo‘q”, — dedi Pentagon vakili.
Avvalroq Livandagi OAV AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Yevfrat g‘arbidagi energetik stansiya yaqinida Suriya qo‘shinlarining 2 ta pozitsiyasiga zarba berganini ma’lum qilgan edi. Bu hududda koalitsiya ittifoqchi kuchlarga havodan yordam berib turadi.
Suriya milliy agentligi SANA harbiylar axborotiga tayanib, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning harbiy-havo kuchlari Dayr-az-Zor hududidagi Suriya qo‘shinlarining marralariga hujum qilganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)