Yil boshidan buyon xorijiy valyutaning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbirlar jarayonida 1099 ta qonunbuzilish aniqlandi. Huquqbuzarlardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 1 million 350 ming dollar va 3 milliard 200 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Bu haqda, Bosh prokuratura matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirdi — 2723 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1361 ta jinoyat fosh etildi va 1354 ta ma’muriy ish yuritildi.
Xususan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq 202 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hisoblangan mablag‘lar va aniqlangan zarar miqdori 525,5 milliard so‘mni, undirilgani 160,4 milliard so‘mni tashkil qildi.
Budjetga 303,3 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, 112,4 milliard so‘mining undirilishi ta’minlandi.
Izoh (0)