Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiruvchi tovarlarni xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida nazorat qilish va hisobga olishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti farmonining yangi loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar beradi Spot.

Foto: Spot

Foto: Spot

Yangi loyihaning avvalgisidan farqi — bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan shaxsiy foydalanish uchun tovarlarni import qilishning cheklangan miqdorini o‘zgartirish.

Dastlabki qonun loyihasida qiymati 1000 dollar va 30 kilogramm bo‘lgan tovarlarni bir chorak davomida xarid qilishni cheklash taklif etilgandi. Ushbu taklif bu kabi cheklovga qarshi chiqqan foydalanuvchilar nozoriligiga sabab bo‘lgan.

Yangi loyihada mazkur normani oyiga 300 dollar va 20 kilogramm etib belgilash taklif etilgan.

Boshqa bandlar, masalan, vazn yoki qiymat me’yoridan oshib ketgandagi to‘lov stavkasi o‘zgarmadi — narxining 30 foizi va 5 dollar.

Loyihaning yangi versiyasi 6-iyunga qadar muhokama qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar