Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda Yaponiya tomonidan JICA bosh direktori o‘rinbosari, oliy ta’lim va ijtimoiy ta’minot guruhi direktori Masato Kumagay, texnik va ijtimoiy ta’minot guruhi mutaxassisi Chikako Sasaki, loyihalarni shakllantirish bo‘yicha maslahatchi Azuma Kendziro, dasturlar muvofiqlashtiruvchisi Malik Muhitdinov, Innovatsion vazirlik tomonidan vazir o‘rinbosari Sherzod Shermatov, Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova hamda vazirlikning xalqaro bo‘limi bosh mutaxassisi Alisher Mahkamov qatnashdi.

Uchrashuv davomida Masato Kumagay Ilg‘or texnologiyalar markazi faoliyati, ular olib borayotgan ishlar bilan qiziqdi. Markaz direktori o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasa faoliyati, uning tarixi, shakllanishi jarayoni haqida so‘zlarkan, markaz faoliyatida so‘nggi paytlardan bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarni alohida ta’kidladi.

Azuma Kendziro ayni paytda bir guruh o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berdi.

JICA vakillari Ilg‘or texnologiya markazining faoliyati bilan tanishdi. Markazning fizika, kimyo, biologiya, geologiya, geofizika, biofizika, bioximiya laboratoriyalari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Markaz xodimlari bir necha daqiqalarda suyuqlik va qattiq jismlarning yuzga yaqin kimyoviy elementlarini aniqlab beruvchi uskunalar, yer qimirlashini va yer qatlamining seysmik holatini aniqlovchi asboblar,turli kasalliklarni va kasalliklarga moyillikni erta aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan genetik izlanishlar, foydali qazilma boyliklarni qidirish bo‘yicha tadqiqotlar haqida so‘zlab berdi.

Sherzod Shermatov Ilg‘or texnologiyalar markazi xalqaro tashkilotlar, jumladan, JICA bilan har qanday o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekani, markazning zamonaviy uskunalari, malakali mutaxassislari turli xalqaro loyihalarda ishtirok etishga shayligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi