19-may kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan F.K. tanishi J.Yu.ning uyida u bilan mojaroga bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
F.K. o‘zaro janjal oqibatida o‘zi bilan olib kelgan ov qurolidan tanishining chap soniga o‘q uzib, voqea joyidan yashirindi.
Oqibatda J.Yu. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Ko‘rilgan choralar natijasida F.K. ushlandi.
Izoh (0)