O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi “Pokiston – Xitoy do‘stlik markazi” savdo maydonchasida tashkil etilgan Dream Home EXPO-2018 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.
Ko‘rgazma Pokiston quruvchilari va ishlab chiqaruvchilari uyushmasi va Jang Group mediaguruhi tomonidan taashkil etildi. Tadbirda 500 dan ortiq mahalliy va chet ellik qurilish kompaniyalari, yirik sanoat korporatsiyalari, maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari qatnashdi.
Made in Uzbekistan deb nomlangan milliy pavilyonda qurilish materiallari, kabel-sim mahsulotlari va boshqa tovarlar namoyish etildi.
Tashrifchilarda O‘zbekiston pavilyoni katta taassurot qoldirdi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)