Nemis mutaxassisi Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 2022-yilgacha ishlaydigan bo‘ldi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Lyovning terma jamoadagi yordamchilari — Tomas Shnayder va darvozabonlar murabbiyi Andreas Kepke bilan tuzilgan shartnomalar ham uzaytirildi.
Mutaxassis Germaniya terma jamoasiga 2006-yildan beri ustozlik qilmoqda. Bunga qadar u termada Yurgen Klinsmanning yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Yoaxim Germaniya termasi bilan JCh-2014, Konfederatsiyalar kubogi-2017 da g‘alaba qozongan.
Izoh (0)