Rossiya Federatsiyasining Komi Respublikasida vezdexodning cho‘kib ketishi oqibatida 7 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gusenitsali transportda 9 kishi o‘rmon bulog‘ini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ikki kishi tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Voqea joyida tergovchilar, kriminalistlar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Avvalroq, Komida cho‘kib ketgan vezdexod ichida 6 kishi bor bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. Keyinroq Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi vezdexodning cho‘kishi oqibatida 7 kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Voqea Pechora shahridan 30 kilometr uzoqlikdagi botqoqlik hududida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)