Hindistonning Banoras shahrida yo‘l o‘tkazgichning qulab tushishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, CNN xabariga tayanib, “Korrespondent.net” ma’lum qildi.

Foto: YouTube

15-may, seshanba kuni Banoras shahrida qisman qurib bitkazilgan yo‘l o‘tkazgich qulab tushdi. Haydovchi va piyodalar vayrona ostida qolib ketgan. Kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ziyod kishi jarohat olgan.

50 metrlik o‘tkazgichning bir qismi fevral oyida qurilgan.  Umumiy qurilish ishlari yakunlanmagan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi jabr ko‘rganlarga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq Hindistonda kuzatilayotgan qum bo‘roni qurbonlari soni 143 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.