“Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Endilikda xarid jarayonining har bir ishtirokchisi huquqi poymol qilingan holatda davlat buyurtmachisi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, xarid komissiyasi hamda maxsus axborot portali operatorining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga murojaat qilish kerak. Komissiya davlat xaridlari borasidagi noqonuniy harakatlarga qarshi chora ko‘rishga haqli.
Izoh (0)