O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi, Yevropa va Amerika masalalari bo‘yicha vaziri ser Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvimiz iliq va do‘stona ruhda o‘tdi. Britaniya hukumati O‘zbekistonning islohotlar yo‘li va rivojlanish bosqichlarini qo‘llab-quvvatlashi bildirildi”, — deyiladi Alan Dunkanning Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning taklifiga binoan 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo‘nab ketgan edi.
Izoh (0)