Joriy yilning 10-aprel kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJning 15 ta obyektida joriy etilgan yangi “Tezkor pochta” xizmati muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi pochta matbuot xizmati.
“Aholining xohish va istaklarini inobatga olgan holda, 15-maydan boshlab ‘Tezkor pochta’ xizmatidan ‘O‘zbekiston pochtasi’ AJning barcha shahar va tuman pochta bo‘limlarida foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi va belgilangan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
“Tezkor pochta” jo‘natmalari maxsus tarzda belgilanadi va jo‘natmani yetkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
Izoh (0)