Surabay shahrining 3 ta cherkovida sodir etilgan terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 17 taga yetdi, 45 kishi jarohat olgan. Bu haqida Sharqiy Yava provinsiyasi politsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Frans Barung so‘zlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Podpolkovnikning so‘zlariga qaraganda, eng ko‘p qurbonlar ayol kishi portlatgan cherkovda qayd qilingan.
Avvalroq politsiya teraktni 6 kishilik oila amalga oshirgani, ularning 3 tasi voyaga yetmaganlar bo‘lganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, maxsus xizmatlar terakt IShIDning “Jamaa ansharut daulax” guruhi tomonidan amalga oshirilganini aniqlagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)