O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Memorandumga muvofiq, 2018-yilda rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek hamkasblari bilan birga O‘zbekistonda “Xo‘ja Nasriddin” filmini suratga olish ishlarini boshlaydi.
“Renovatsio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, mazkur filmda rol ijro etish uchun fransiyalik mashhur aktyor Jan Reno ham taklif etilgan va u taklifni ijobiy qabul qilgan.
Qayd etish joizki, “Xo‘ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi.
Izoh (0)