Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.
Prezidentning 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida “Vaqf” fondini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar belgilangan.
Zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari fondning hisob raqamiga to‘planadi. Mablag‘larning sarflanishini internet tarmog‘i orqali onlayn tarzda kuzatish mumkin bo‘ladi.
Adliya vazirligi tomonidan fond boshqaruv rahbari Jaloliddin Hamroqulovga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma topshirildi.
Izoh (0)