IShID terrorchi tashkiloti Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasi Surabay shahrida 13-may, yakshanba kuni ertalabki ibodat paytida sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Portlash shahardagi uchta cherkovda amalga oshirilgan edi.
Hujum terrorchi xudkush tomonidan amalga oshirilgan. Kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi jarohatlangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Izoh (0)