Eron sudi 2017-yil iyunida mamlakat parlamenti binosi va Oyatulloh Humayniy maqbarasiga uyushtirilgan hujumlarda qatnashgan sakkiz erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hujumga aloqador yana 18 kishi hukmni kutmoqda.
O‘tgan yil 7-iyun kuni uyushtirilgan ikki terakt (parlamentga qurolli hujum va Humayniy maqbarasi oldidagi xudkush o‘zini portlatib yuborishi) oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan edi.