Xitoylik milliarder Eng Lep Sen BMTning ikki nafar xodimiga pora berib, o‘ziga og‘dirib olganligi uchun AQShda to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Biznesmen 2015-yilda hibsga olingan edi. Prokurorning so‘zlariga qaraganda, u BMTning ikki nafar amaldoriga umumiy miqdorda 1 million dollar pora bergan. Buning evaziga esa amaldorlar unga Makaoda anjumanlar markazini qurishga yordam berishi kerak bo‘lgan. Eng Xitoyning maxsus tumanini “Osiyo Jenevasi”ga aylantirish niyatida bo‘lgan.
Oxir-oqibat anjumanlar markazi qurilmaydigan bo‘ldi. Prokurorlar milliarderni 6 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan, advokatlar esa biznesmenni o‘z vataniga qaytarishni talab qilgan. Yakunda Manxetten sudi Eng Lep Senni to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqardi.
Izoh (0)