9-may, chorshanba kuni xalqaro valyuta fondining boshqaruv kengashi tomonidan O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar yuzasidan yakuniy xulosalar e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Fondning bir guruh mutaxassislari muayyan mamlakatning moliyaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlarini yig‘ib, o‘sha mamlakat mutasaddilari bilan birgalikda natijalarni muhokama qiladi va yakuniy hisobot tayyorlanadi.
2018-yil fevral—mart oylarida xalqaro valyuta fondi missiyasi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rganilib, yakuniy xulosalar e’lon qilindi.
Izoh (0)