Singapurda 12-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Gazeta.ru” Singapur tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
“Singapur 2018-yil 12-iyunda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga mezbonlik qilishdan mamnun. Umid qilamizki, uchrashuv Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)