• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi”: Pensiya yoshi o‘zgaradimi yoki...

    Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ishlab chiqqan “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi” loyihasi aholi e’tiboriga havola etilganidan buyon keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Milliy axborot agentligi o‘z maqolasida Konsepsiyani ishlab chiqishga sabab bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Maqolani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Bu savolga javob berishdan oldin pensiya ta’minoti tizimi nimaga xizmat qilishiga to‘xtalib o‘tsak. Bu tizim mehnatga layoqatsiz va kam ta’minlangan fuqarolarning turmushini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan qator chora-tadbirlar kompleksini nazarda tutadi.

    Ushbu tizim 3,3 milliondan ortiq fuqaroni qamragan. Bu mamlakat aholisining taxminan 10 foizi, demakdir. Bunda yoshga doir pensiya oluvchilar – 2 502,6 ming, nogironlik pensiyasi oluvchilar – 360,3 ming, boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oluvchilar – 168,5 ming va ijtimoiy nafaqa oluvchilar – 294,1 ming nafarni tashkil etadi.

    Demografik bashoratlarga ko‘ra, 2018—2025-yillarda pensiya yoshidagi aholining ulushi (1,2 million kishiga) oshishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi.

    Fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri pensiya yoshi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar uchun 62 yosh bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5 yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh).

    Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmi murakkab va shaffof bo‘lmasdan qolmoqda. Mehnatga layoqatli aholi 60 foiz (qariyb 17 million kishi)ni tashkil etsa, taxminan 10,2 million kishi davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinmagan. Ya’ni, ular Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy ajratmalarni amalga oshirmayapti.

    Xalqaro mehnat tashkiloti talablariga muvofiq, fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi barqaror rivojlanishi uchun badal to‘lovchilar sonining pensiya oluvchilarga o‘zaro nisbati 1:4 darajada bo‘lishi kerak. Biroq bugungi kunda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1:1,5 ga teng.

    Ta’kidlash joizki, pensionerlar sonining ishlovchi aholiga nisbati 2009-yildagi 61 foizdan 2017-yilda 66 foizga o‘sgan.

    Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni moliyalashtirishga sarflanadi. Imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi 592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizini tashkil etib, shundan yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni tashkil etadi. Yiliga o‘rta hisobda 39,8 mingta imtiyozli pensiya tayinlanmoqda.

    Shuningdek, pensiya miqdori va mehnat davomiyligi ulushi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham sezilarsiz. Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi 7 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. Ushbu huquq faqatgina 7 yil ishlab, o‘zining butun mehnatga layoqatlilik davri uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishda eng kam hissa qo‘shgan shaxslarga pensiya olish imkonini beradi.

    Xalqaro mehnat tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi konvensiyasida yoshga doir pensiyani tayinlash uchun talab etiladigan eng kam ish staji 15 yil qilib belgilangan. Ko‘plab davlatlar, shu jumladan, MDH mamlakatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10—15 yil darajasiga yetkazilgan.

    Ish stajiga nisbatan 7 yil davomiylikdagi minimal talab mavjudligi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasidagi ishtirokiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Masalan, hozir 30 yil ish stajiga (talab etilgan – 25 yil) ega bo‘lgan erkak kishining pensiya miqdori bilan 10 yillik ish stajiga ega bo‘lgan (minimal talab etilgan – 7 yil) erkak kishining pensiya miqdori o‘rtasidagi farq taxminan 200 ming so‘mni tashkil etadi.

    Ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar ularni sug‘urta badallarini to‘lamaslikning yangi usullarini qidirishga majbur etadi.

    Bularning barchasi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining pensiya ta’minoti sohasiga oid asosiy yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

    Shuning uchun ham davlat pensiya tizimini isloh qilishga doir konsepsiya loyihasida xodimning pensiyasi va mehnat stajidagi tafovut rag‘batlantirilishi nazarda tutilmoqda.

    Ya’ni, 35 yildan ortiq staj bo‘lsa, o‘rtacha oylikdan 2 foiz ko‘proq pensiya olinishi, 54 yoshida pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, lekin umumiy o‘rnatilgan yoshdan keyin pensiyani rasmiylashtirgan ayollar uchun pensiyaga ustama to‘lash nazarda tutilmoqda.

    Qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish, pensiya yoshiga to‘lgan, biroq zarur mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir yetishmayotgan oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari summasini bir martalik tartibda to‘lash huquqini berish, ishlayotgan er (xotin)ga o‘z xotini (eri) uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalini o‘tkazish huquqini berishdek yangi amaliyot taklif etilmoqda.

    Yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni oshirish taklif etilmoqda.

    Pensiya yoshini dunyodagi o‘rtacha darajaga va boshqa mezonlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish nazarda tutilmoqda.

    Konsepsiyadagi takliflarga aholi tomonidan faol munosabat bildirilmoqda.

    – Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini oshirish uchun amaldagi pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish lozim, – deb yozgan Dilshod Sholdarov. – Yollanib ishlovchilar va xorijga ishlash uchun ketganlar muayyan muddatdan so‘ng nafaqa so‘rab, Pensiya jamg‘armasiga murojaat qiladi. Bu ham Pensiya jamg‘armasi xarajatlari oshishiga sabab bo‘ladi. Agar bunday fuqarolarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari o‘tkazib borish mexanizmi takomillashtirilsa, bu, birinchidan, fuqarolarni pensiya ta’minoti bilan qamrab olish darajasining oshishiga, ikkinchidan, Pensiya jamg‘armasi daromadlar bazasining kengayishiga olib keladi.

    – Konsepsiyani ma’qullayman, – deydi Eldor Po‘latov. – Hozirgi paytda pensiya ta’minoti tizimi eng muhim ijtimoiy himoya institutlaridan biridir. Uning samarali faoliyat yuritishi mamlakatimizning ijtimoiy farovonligi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan konsepsiyada ko‘zda tutilgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, ish staji 35 yildan oshgan fuqarolarning o‘rtacha oylik ish haqi 2 karra oshirilishi, pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining eng yuqori miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravariga ko‘tarilishi pensiya rasmiylashtirish uchun murojaat etgan shaxslarni munosib pensiya bilan ta’minlash imkonini beradi.

    – Pensiya ta’minoti “ijtimoiy sug‘urta” tizimining asosiy yo‘nalishi ekanini hisobga olib, pensiya ta’minotida “ish staji” tushunchasi o‘rniga “sug‘urtalangan ish staji” tushunchasini kiritish zarur, – degan Shavkat Hamdamov. – Fuqarolarning yoshga doir pensiyaga chiqishini umumbelgilangan tamoyil asosida amalga oshirish zarur. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan imtiyozli pensiyaga chiqish yoshini bekor qilish, pensiya ta’minotidagi imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish va ba’zilarini bekor qilish zarur. Ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilgan holda, pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha oylik ish haqining belgilangan maksimal miqdoridan bosqichma-bosqich voz kechish, yoshga doir pensiya ta’minotida pensiya yoshini oshirmasdan, zarur bo‘lgan “sug‘urtalangan ish staji”ni oshirish, pensiya ta’minoti tizimida aholi ishtirokini rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish kerak.

    – Yetishmagan staj uchun sug‘urta puli to‘lash orqali pensiya olish juda yaxshi o‘ylangan, – deb yozgan G‘olibjon Turdiyev. – Lekin agar pensiya ta’minotidagi mablag‘ yetishmasligi tufayli pensiyaga chiqish yoshini ko‘tarish bilan vaziyatdan chiqish rejalashtirilgan bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlamayman. Bunga boshqa, masalan, soliq tizimini isloh qilish orqali yechim topish kerak, nazarimda.

    – Pensiya tizimini ham isloh qilish vaqti keldi, – deydi texnika fanlari nomzodi Orif Qutliyev. – Konsepsiyani qo‘llab-quvvatlab, ayrim muammolar bo‘yicha taklif bildirmoqchiman. Pensiya qonunchiligi to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘sha paytda mavjud imtiyozdan foydalanib, ya’ni “o‘ta zararli sharoitda ishlagani uchun” degan qoida bilan 50 yoshimda pensiyaga chiqqanman va hozirga qadar ishlab kelmoqdaman. Pensiyani hisoblash vaqtida qo‘shimcha ishlaganim to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lishiga qaramasdan, “sizniki maksimalga yetadi”, deb uni ham hisobga olishmagan. Jami ish stajim 50 yildan oshgan bo‘lsa-da, o‘zgarish bo‘lmayapti. Menimcha, pensiyadan keyin ishlayotganlar uchun har 5—10 yilda uning miqdori qayta ko‘rib chiqilsa, adolatdan bo‘ladi.

    Ulug‘bek Usmonov eng kam ish staji 7 yildan 10 yilga uzaytiriladigan bo‘lsa, bu nogironlarni boqib parvarish qilayotgan fuqarolarga noqulaylik tug‘dirishini ma’lum qilgan. Ana shunday odamlar uchun 7 yillik normani saqlab qolish kerak, degan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik konsepsiya mohiyati bilan chuqur tanishmasdan, faqat pensiyaga chiqish yoshi oshirilishidan xavotir bildirmoqda.

    – Har bir yangilik xalqqa foydali bo‘lishi kerak, – deydi Zulfiya Sobirova. – Hozirgi kunda sog‘liq tufayli pensiya yoshiga yetish mushkullashgan yoki pensiyaga chiqilsa ham qisqa vaqt pensiya olib, olamdan o‘tish holatlari yo‘q emas. Ayniqsa, O‘zbekistonda ayolning asosiy o‘rni oilada. Shu sababli ayollar pensiya yoshini 54 (55) yoshda qoldirish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

    Erkin Rustamov pensiyaga chiqish yoshini oshirish mehnat bozoriga qanday ta’sir qilishini ham tahlil qilish lozimligini bayon etgan.

    Manzura Kamolovaning fikricha, pensiya yoshi haddan ziyod oshirilishi odamlarni tahqirlashdan boshqa narsa emas. Muhabbat Yunusova esa ayollar uchun – 55, erkaklar uchun – 60 yosh etib belgilangan me’yorni ma’qullashini bildirgan.

    Baxtiyor Hidoyatovning fikricha, xodimning ishda ko‘rsatgan xizmatlari, o‘z vazifasini bajarishga layoqati hisobga olinishi kerak. Lekin o‘z o‘rnini birovga bermay, lavozimni band qilib o‘tirish hollari bundan mustasno.

    Xullas, pensiya har bir inson hayotiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun bu masala alohida e’tiborda. Shu bois pensiyaga oid konsepsiya loyihasi bo‘yicha bildirilayotgan har bir fikr qimmatli. Uni sinchiklab o‘rgangan holda taklif bildirish kelgusida pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Zero, unda faqat pensiya yoshini uzaytirish emas, balki korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar manfaatiga qaratilgan asosli takliflar ham bor.

    11.05.2018, 10:44   Izoh (0)   54862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobil ijarasini soddalashtirish ustida ishlashmoqda

    11.05.2018, 10:29

    O‘zbekistonda aholiga oltin yombilarni investitsiya sifatida sotib olishga ruxsat berilishi mumkin

    11.05.2018, 10:21

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasiga buyurtmalar hududiy yarmarkalarda amalga oshiriladi

    11.05.2018, 10:04

    “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qar...

    11.05.2018, 09:45

    Farg‘onada nabira xonadonda qulflanib qolgan bobosidan xavotirlanib, qutqaruvchilarni chaqirdi

    11.05.2018, 09:38

    “Toshkent univermagi” yonidagi nomsiz xiyobon yoxud shahar husnidagi dog‘

    11.05.2018, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron havo hududi yopilgani sabab Toshkentda bir nechta reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 15:24

    Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashganidan so‘ng ikki farzandi bilan umuman gaplashmay qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

    Kino | 13 iyun, 15:07

    Neymar Yevropaga qaytishi mumkin

    Sport | 13 iyun, 14:46

    CNN: Xitoy qiruvchi samolyoti Yaponiya samolyotini “ta’qib qildi”

    Dunyo | 13 iyun, 14:45

    Toshkent viloyatidagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 14:32

    Britaniyalik xonanda Dua Lipa turmushga chiqmoqda

    Layfstayl | 13 iyun, 14:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.